“KАTTАBOGʼ” MАHАLLАSIDА SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI

“KАTTАBOGʼ” MАHАLLАSIDА SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI

Bugun, 13-avgust kuni Termiz shahar birinchi va toʼrtinchi sektor ma‘sul va
Rahbarlari birgalikda fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʼtkazdi.
Unda shahardagi mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Oʼtkazilgan qabulda 25 nafar fuqarolar tomonidan 30 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib, shundan subsidiya tartibida uyjoy olish, imtiyozli kredit olish, moddiy yordam olish, tibbiy yordam va boshqa masalalardagi fikrlari tinglandi.
Shahsiy va huquqiy masalalarda ham murojaat qilgan fuqarolarga oʼz oʼrnida huquqiy tushuntirishlar berildi. Fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning ayrimlari jumladan: 2 ta moddiy yordam va 3 ta sogʼligini tiklashda tibbiy yordam masalasida hamda 2 ta "Temir daftar"da roʼyhatda turuvchilarga moddiy yordam ajratish masalasi joyida ijobiy yechimini topdi.
Qabul davomida yechimi vaqt talab etadigan masalalar boʼyicha masʼullarga koʼrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.