Magistrall suv quvuri ta’mirlanmoqda

Magistrall suv quvuri ta’mirlanmoqda

Termiz shahri Mehrobod mahallasidan o‘tuvchi diametri 600 mm bo‘lgan magistral suv quvurida nosozlik yuzaga kelgan.
Ayni paytda “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJ Termiz shahar bo‘limi tomonidan ta’mirlash butlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlarini olib borish uchun Termiz shahridagi Shimoliy va Manguzar suv ishlab chiqaruvchi inshootlari faoliyati to‘xtatildi.
Shu tufayli shaharning Guliston, Gulira’no, Mehriobod, Majnuntol, Turon, Jomiy, Navruz va Eski shahar mahallalarida vaqtinchalik suv ta’minoti to‘xtatilgan.
Tez fursatlarda magistrall suv quvuridagi nosozlik ta’mirlanib, mazkur mahallalarga suv yetkazib berish qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.
Yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.