Sovuq kunlarda elektr energiyasidan oqilona va to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga ega

Sovuq kunlarda elektr energiyasidan oqilona va to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga ega

Ayni vaqtda Termiz shahrida viloyat DSB rahbari E.Narmanov, shahar hokimi O‘ktam To‘rayev va sektor rahbarlari birgalikda markaziy ko‘chalar yoqasi va mahalla ichki yo‘llarida joylashgan tadbirkorlik hamda ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini ko‘zdan kechirib, hozirgi anomal sovuq ob-xavo sharoitida elektr energiyasidan oqilona va maqsadli foydalanish borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

Hurmatli vatandoshlar, barchamiz birlashib, energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalansak, albatta ushbu muammolarni yengishga erishamiz.