Termiz shahrida osoyishtaligimiz posbonlari sharaflandi

Termiz shahrida osoyishtaligimiz posbonlari sharaflandi

Bugun, Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Termiz garnizoni maʼnaviyat va maʼrifat markazi, viloyat va shahar mudofaa ishlari boshqarmasi, shahardagi harbiy qismlardan tashrif buyurgan ofitser va harbiy xizmatchilar hamda faxriylar ishtirok etishdi.

 Tantanali tadbirda bir guruh harbiy xizmatchilar shahar hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturida sanʼat ustalari va madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.