Termizda Vatan himoyachilari kuni bayram tadbirlari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi

Termizda Vatan himoyachilari kuni bayram tadbirlari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni Surxondaryo viloyatida ham katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Jumladan, bugun Termiz shahridagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum bo‘ldi. Bu yerga Surxondaryo viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Tadbir ishtirokchilari harbiy orkestr musiqa sadolari ostida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.