Saylovga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda

Saylovga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda
Bugun, 12 avgust kuni Termiz shahar hokimligining ishchi guruhi hamda mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari birgalikda shahardagi saylov uchastkalarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Oʼrganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan masʼullarga qatʼiy koʼrsatma, topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.