Termiz shahrida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi

Termiz shahrida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi

Yashil hududlarni yaratish, tabiat musaffoligini taʼminlash maqsadida yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Termiz shahrida 340 minga yaqin  daraxt va buta ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. Bu boradagi ishlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda.

Bugun shaharning Ibn Sino markaziy ko‘chasida tashkil etilgan daraxt ko‘chatlari ekish aksiyasida 1150 ta qarag‘ay, klyon, sharq tuyasi va boshqa turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.