"Dunyo o‘zbeklari" nashri bosh muharriri Termiz shahrida
"Dunyo o‘zbeklari" nashri bosh muharriri Termiz shahrida
Xabaringiz bor, Kanadada yashovchi taniqli o‘zbek jurnalisti, "Dunyo o‘zbeklari" nashri bosh muharriri Ismat Xushev O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarlarda bo‘lib, so‘nggi yillarda bu yerda amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni dunyoga ko‘rsatib bormoqda.
Kecha, 3 avgust kuni Ismat Xushev ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar uyushtirib, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi qator ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlari jumladan, “Zif textil” korxonasi “Indenim” gipermarketi va “Iseberg” oilaviy ko‘ngilochar markazi (muz saroyi) faoliyati haqida dunyo jamoatchiligiga hikoya qildi. Taniqli jurnalistga viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev, viloyat hokimining matbuot kotibi Zaxriddin To‘rayev va Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyevlar hamrohlik qilishdi.