Termiz shahar sport maktabiga yangi sport anjomlari sovg‘a qilindi

Termiz shahar sport maktabiga yangi sport anjomlari sovg‘a qilindi

Avval xabar berganimizdek, shahar hokimi O‘ktam To‘rayev Termiz shahar sport maktabida bo‘lib, u yerda yosh sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Suhbat jarayonida yoshlar tomonidan mashg‘ulotlarda foydalanishlari uchun maktabga yangi sport anjomlari olib berishni so‘rab murojaat qilingan edi.

Bugun "Alpomish" sport majmuasida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev yosh sportchi o‘g‘il-qizlar bilan uchrashib, ularga yangi sport anjomlarini topshirdi.