Termiz shahrida 600 o‘rinli “Ay-Ti” maktab qurish loyihasi taqdimot qilindi

Termiz shahrida 600 o‘rinli “Ay-Ti” maktab qurish loyihasi taqdimot qilindi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida “Al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan zamonaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari va xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining erishgan yutuq va to‘plagan boy tajribasi e’tirof etilib, tadbirkorning sohadagi tajribasini ommalashtirish maqsadida Termiz shahridagi eng og‘ir holatda bo‘lgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirildi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida Termiz shahrida 600 o‘rinli axborot texnologiyalarini chuqur o‘qitishga mo‘ljallangan “Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari “IT” maktabi” nodavlat maktab qurish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Viloyat rahbari nodavlat axborot texnologiyalari maktabi qurish loyihasi bilan tanishar ekan, tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilib, o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi hamda mas’ullarga tadbirkorning ushbu loyihasini amalga oshirish uchun zarur yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.