Noqonuniy va ruxsat etilmagan joylarda savdo qilayotgan sotuvchi va fuqarolar uchun tushuntirish ishlari olib borildi

Noqonuniy va ruxsat etilmagan joylarda savdo qilayotgan sotuvchi va fuqarolar uchun tushuntirish ishlari olib borildi

Yig‘ilishda, viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev, shahar prokurori, shahar hokimining o‘rinbosari, shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi va Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
Suhbat jarayonida sobiq Termiz markaziy dehqon oziq-ovqat bozoriga tutash bo‘lgan piyodalar harakatlanadigan yo‘l yoqalarida noqonuniy savdo faoliyatini olib borayotgan sotuvchi va fuqarolar bilan suhbatlashildi.
Sotuvchilarga mas’ul rahbarlar tomonidan mazkur hududda hamda markaziy ko‘cha yoqalarida savdo faoliyatini olib borish noqonuniy holat ekanligi, shuningdek sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘g‘ri kelmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yakunda sotuvchi va fuqarolarga savdo faoliyatlarini belgilangan savdo nuqtalarida va shahardagi oziq-ovqat bozorlarida amalga oshirishlari mumkinligi, bunga esa barcha zarur shart-sharoitlar yetarli ekanligi tushuntirilib, tegishli tavsiyalar berildi.