Yunisef tashkiloti vakillari tomonidan seminar-trening o‘tkazildi

Yunisef tashkiloti vakillari tomonidan seminar-trening o‘tkazildi

Kecha Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Yunisefning Bolalarni himoya qilish bo‘limi xodimlari Gulchexra Nigmatjonova va Diana Isayevalar tomonidan Bolalar masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda de-institutsionallashtirish va bolalarni himoya qilishda idoralararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida komissiya aʼzolari bolalar masalalari bilan shug‘ullanganda bola huquqlari diqqat markazda bo‘lishini taʼkidladilar.