TERMIZ SHAHRIDA 17 NAFAR BOLAJONLARNING SUNNAT TO‘YLARI O‘TKAZILDI

TERMIZ SHAHRIDA 17 NAFAR BOLAJONLARNING SUNNAT TO‘YLARI O‘TKAZILDI

Millatimiz qon-qoniga savob ishlarni qilish, xayriya tadbirlari o‘tkazish va qiynalganlarga yordam ko‘rsatish an’analari fazilat sifatida singib ketgan.

Ayniqsa bayramlar oldi saxovatpesha tadbirkorlarimiz tomonidan yordamga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatish ishlari yana ham ortadi.

Kecha saxovatpesha tadbirkor Xayitali Allamurodov tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va “Temir daftar”da ro‘yhatda turuvchi oilalarning 17 nafar bolalari uchun sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.

Termiz shahridagi “Muhtasham saroy” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan xayriya sunnat to‘yda bolalarning yaqinlari, diniy idora vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi. Bazmda to‘y bolalarning har biriga o‘zlari istagan sovg‘alar olishi uchun pul mukofotlari topshirildi.

O‘yin-kulgu va raqslarga boy bo‘lgan ushbu sunnat to‘y bolajonlar va ularning oila a’zolariga bir olam zavqu shavq ulashdi.