SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!

SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!

Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining 30 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʼlimi, Termiz shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, harbiylar, sportchilar, adabiyotshunoslar va yoshlar ishtirok etdi.

Anjumanda soʼzga chiqqanlar Madhiya – qalbida oʼz Vataniga muhabbat va sadoqat tuygʼusi bor har qanday kishida milliy gʼurur, oʼziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uygʼotadi. Bu milliy timsolda xalqning oʼtmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-oʼyi, maslak-maqsadi mujassam deya ta'kidlab oʼtdilar.

Tantanali tadbirda harbiy orkestr va sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kontsert dasturi barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.