9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Termez shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Adliya bo‘limi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan tizimga aloqador sohalarda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir avvalida, Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliyotga tatbiq etilgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korrupsiyani oldini olish va unga chek qo‘yishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritildi.