“Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun, 6 dekabr kuni 12-umumiy o‘rta taʼlim maktabida  navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Mehrobod” mahallasi yoshlari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda oliy taʼlimda tahsil olayotgan yoshlarning kontrakt to‘lovi masalasidagi, shuningdek, davolanish va imtiyoz asosida operatsiya xarajatlariga yordam berish hamda moddiy yordam so‘rab qilgan murojaatlari tinglandi va tegishli tartibda ijobiy hal etilishi belgilandi. 

Yakunda hal etilishi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.