Sayyor qabul: 8 soat davomida 307 nafar fuqaroning murojaatiga yechim izlandi

Sayyor qabul: 8 soat davomida 307 nafar fuqaroning murojaatiga yechim izlandi

Viloyat hokimi To‘ra Bobolovning Termiz shahridagi San’at saroyi binosida o‘tkazgan aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvida 307 nafar fuqaroning turli masalalardagi 376 ta murojaati tinglandi. Mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 64 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

Xususan, sayyor qabulda ishtirok etgan, Termiz shahri “Guliston” mahallasida yashovchi Gulchexra Fayzullayeva viloyat hokimidan oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish maqsadida tikuv dastgohi ajratib berilishida amaliy yordam so‘radi. Viloyat rahbari fuqaroning ushbu murojaatini qisqa muddatda hal eti bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, sayyor qabulga oilaviy sharoiti og‘irligini bildirib, davolanish uchun moddiy yordam ajratishni so‘rab kelgan “Jo‘yjangal” mahallasida yashovchi Gulbahor Qulliyeva va “A.Jomiy” mahallasida yashovchi Begzod To‘rayevlarning murojaatlari ham shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, ularga moddiy yordam mablag‘lari ajratib berildi.

Viloyat rahbari ijrosi qo‘shimcha o‘rganish, muddat va mablag‘ talab qiladigan 312 ta murojaatni mas’ullarga yo‘naltirar ekan, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini, murojaat bilan kelgan fuqaro muammosi hal etilishi umidi bilan sayyor qabulga kelganligini aslo unutmagan holda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini ta’kidladi va ijroga yo‘naltirilgan murojaatlar nazoratda ekanligini bildirdi.