“Termiz shahar hokimi sovrini uchun” boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi

“Termiz shahar hokimi sovrini uchun” boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, shahrimizdagi “Alpomish” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Besh tashabbus olimpiadasi doirasida “Termiz shahar hokimi sovrini uchun” sportning boks turi bo‘yicha ochiq shahar birinchiligi musobaqasi yakuniga yetdi.

Musobaqa ikki kun davomida o‘tkazilib, unda 2008-2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar 11 ta vazn toifasida ishtirok etishdi. Ochiq shahar birinchiligi musobaqasida sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining 150 ga yaqin tarbiyalanuvchi yosh bokschilari ringa tushib, o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar.

Yakunda 11 ta vazn bo‘yicha 1-2-3 o‘rinlarni qo‘lga kiritgan g‘olib bokschilarga viloyat hokimining o‘rinbosari Ilxom Saparov va Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayevlar tomonidan medallar, diplom va vaucherlar topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar boks bo‘yicha viloyat terma jamoasi safiga kirishlari uchun saralash bahslarida ishtirok etishadi.