Besh tashabbus olimpiadasi": Surxondaryo viloyatida sportning yengil atletika turi "S" liga boʻyicha respublika bosqichi start oldi

Besh tashabbus olimpiadasi": Surxondaryo viloyatida sportning yengil atletika turi "S" liga boʻyicha respublika bosqichi start oldi

Termiz shahridagi " Surxon" sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida yengil atletika sport turining "S" liga boʻyicha “mahalla – sektor – tuman – viloyat” bosqichlarida gʻolib boʻlgan mahalla yoshlari oʻrtasida respublika final bahslari boshlandi.

Musobaqada respublikamizning 14 hududidan kelgan 252 nafar qatnashchi uchta (16-21, 22-26, 27-30) yosh toifasida qatnashmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari A.Aslanov ishtirok etib, mazkur olimpiada mahalla yoshlari oʻrtasida ommalashib borayotgani va iqtidorli yoshlarning qobiliyatini namoyish etishida katta imkoniyat yaratayotganini takidladi.