“Yashil makon”–2022 aksiyasining navbatdagi manzili Termiz shahri bo‘ldi

“Yashil makon”–2022 aksiyasining navbatdagi manzili Termiz shahri bo‘ldi

Bugun BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Termiz shahri "Pattakesar" mahallasida ajratilgan hududda jami 780 tup turli sarvi, tuya, sosna, tuya majevelnik, naʼmatak hamda boshqa manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari davom ettirildi.

Tadbirda shahardagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi xodimlari hamda afg‘onistonlik ko‘ngillilar ishtirok etishdi.