TERMIZ SHAHAR HOKIMLIGI XODIMLARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

TERMIZ SHAHAR HOKIMLIGI XODIMLARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Bugun shahrimiz obodligi va xalq manfaati uchun tinim bilmay mehnat qilib kelayotgan Termiz shahar hokimligining xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Hokimlik xodimlariga viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasining malakali tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatdi. Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan hokimlik xodimlarining sog‘lig‘i to‘liq ko‘zdan kechirilib, tibbiy tahlillar hamda ochiq muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va kerakli tavsiyalar berildi.

Tibbiy ko‘rik - inson salomatligini saqlash, kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida, o‘tkaziladigan tadbirdir. Davlat xizmatchilarining ham tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ularning samarali faoliyat olib borishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Zero, sihat - salomatlik - ish unumdorligining asosiy omilidir.