Shahar va tuman hokimliklarining faol axborot xizmati rahbarlari eʼtirof etildi

Shahar va tuman hokimliklarining faol axborot xizmati rahbarlari eʼtirof etildi

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot asrida yangiliklarni keng auditoriyaga tezkorlik, (https://t.me/axborot_xizmati/10689) xolislik va aniqlik bilan yetkazib berishda axborot xizmatining faoliyati alohida o‘rin tutadi.

 

Yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tub mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkizishdagi faolligi hamda hayotning qaynoq nuqtalarida turib, muayyan voqelikka o‘z vaqtida bildirayotgan xolis va tezkor munosabati, xalqimizning mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini yana-da oshirishga qo‘shayotgan hissasi uchun bir guruh faol shahar va tuman hokimliklarining axborot xizmati rahbarlari taqdirlandilar.

Ularga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Fayzulla Mamanov topshirdi.

 

Tadbirda sohani yana-da rivojlantirish maqsadida yangi g‘oya va takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, mazkur tashabbusni davom ettirish maqsadida viloyatimizdagi faol jurnalist va blogerlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida rag‘batlantirishga kelishib olindi.