TERMIZ ShАHRIDА KOʼP KVАRTIRАLI UY-JOYLАR BOShQАRUVChI TАShKILOTGА BIRIKTIRILIShI BOʼYIChА TАNLOV!

TERMIZ ShАHRIDА KOʼP KVАRTIRАLI UY-JOYLАR BOShQАRUVChI TАShKILOTGА BIRIKTIRILIShI BOʼYIChА TАNLOV!
Prezidentimizning 2021 yil 19 iyundagi "Koʼp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida"gi PQ-5152-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Boshqaruv kompaniyasini tashkil etish uchun tanlov eʼlon qilingan. Bundan asosiy maqsad, Termiz shahridagi Guliston, Guliraʼno, Bogʼishamol, Oʼzbekiston, Аlpomish va Kattabogʼ mahallalari xududida joylashgan koʼp qavatli uy-joylarga sifatli va zamonaviy kommunal xizmatlarni koʼrsatishdir. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʼlgan tadbirkorlar Termiz shahar hokimligining qurilish boʼyicha majmuasiga kelib zarur hujjatlarni taqdim etishlari soʼraladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar joriy yilning 18 iyuliga qadar qabul qilinadi. 2021 yil 19 iyul kuni soat 16.00 da shahar hokimligi binosida Boshqaruvchi tashkilotlar ochiq tanlov oʼtkazish yoʼli bilan tanlanadi.

Murojaat uchun telefon: 76-224-13-20

Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish viloyat boshqarmasi axborot xizmati