Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Termiz shahar 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Mardayev Botir Xurramovichning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda aholi vakillari, deputatlar, korxona va tashkilot xodimlari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi yangi normalarning mazmuni, shuningdek Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda joriy yilning 28 oktabrida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘z navbatida, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Abdusalim Jabborov ham yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksida belgilangan normalar va avval munozarali bo‘lgan holatlarning aniq belgilab berilganligi hamda afzalliklar to‘g‘risida o‘z ma’ruzasida ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar olishdi.