Termiz shahrida Koronovirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari davom etmoqda

Termiz shahrida Koronovirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari davom etmoqda
Bugun, 15 iyul kuni Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev tomonidan Koronovirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʼyicha tuzilgan ishchi guruhga doimiy amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha aniq koʼrsatma va topshiriqlar berildi.
Yigʼilishda, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va barcha mahalla raislari qatnashdilar. Shundan soʼng ishchi guruh shaharning markaziy koʼchalari, bozorlar, istirohat bogʼlari va aholi gavjum boʼladigan joylar boʼylab dizenfektsiya ishlarini amalga oshirdi.
Shuningdek, boshqarma, tashkilot va idoralarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʼyicha tushuntirish, qatʼiy ogohlantirish va targʼibot ishlari olib borildi.
Qadrli hamshaharlar!
Karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishlaringizni soʼraymiz. Zero, Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda har bir kishining ishtiroki muhimdir.