Surxondaryolik bir guruh nuroniylar Samarqand shahriga yo‘l olishdi

Surxondaryolik bir guruh nuroniylar Samarqand shahriga yo‘l olishdi

Yurtimizda noyabr oyi – “Keksalar uchun turizm oyligi” sifatida belgilangan. Oylik doirasida keksa va nuroniylar uchun sayohatlar, ularning holidan xabar olish va boshqa bir qancha tadbirlar tashkil etish an’anaga aylangan.
Bugun Surxondaryo viloyatida uzoq yillar rahbarlik lavozimlarida ishlab, davlat va jamiyat rivoji uchun o‘zining munosib xissasini qo‘shgan, hozirda nafaqada keksalik gashtini surayotgan bir guruh nuroniylarni Samarqand shahriga ikki kunlik sayohatga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy soha vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, nuroniylarni Samarqand shahriga kuzatish tadbirida joriy yilning 21-25 noyabr kunlari Termiz tumanidagi 18299-son harbiy qism “Termiz” okrugi dala-o‘quv maydonida yig‘inda ishtirok etayotgan shahar va tumanlar hokimlari, hududiy davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilot rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari) ham qatnashishdi.
Tadbir yakunida yurt tinchligi va obodligini, sayohatga otlangan nuroniylarga oq yo‘l tilab hamda o‘tkazilayotgan yig‘inni yaxshi o‘tkazishni so‘rab diniy ulamolar va nuroniylar duolar qilishdi.
Nuroniylar barcha qulayliklarga ega mikro avtobuslarda Samarqand shahriga kuzatildi. Ularga sayohat davomida viloyat hokimining ikki o‘rinbosari hamrohlik qilishadi.