Turizm oyligi doirasida sayohat

Turizm oyligi doirasida sayohat

Avval xabar berganimizdek, “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida shahrimizda istiqomat qiluvchi nuroniylar uchun Samarqand sity, xoja Doniyor maqbarasi, Islom Karimov ziyoratgohi va boshqa tarixiy joylarga sayohatlar tashkil etildi.

“Samarqandda shunday joylar borligini bilmagan ekanman, biz keksalar uchun sayohat tadbirlarini tashkil etgan yurtboshimizga rahmat!” deydi nuroniy onaxonlardan Tursunoy Boyxonova.

Yangi O‘zbekistonda keksa avlod vakillariga davlat tomonidan diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish izchil va tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Yoshi ulug‘ nuroniylarimizni ijtimoiy muhofaza qilish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar muntazam amalga oshirib kelinmoqda.