Termiz shahrida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Termiz shahrida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun, viloyat “Barkamol avlod bolalar maktabi” binosida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 227 nafar fuqaro turli masalalardagi muammolari bilan shahar hokimiga murojaat qildi. Murojaatlarning 30 dan ortig‘i shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.
Xususan, Termiz shahar “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Isoqjon Abduraxmonov joriy yilning dekabr oyida Yaponiya davlatida bo‘lib o‘tadigan paradzyudochilar o‘rtasidagi granpri va “Parij-2024” Paralimpiada musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha sport kiyimi va jihozlarini olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaroning yashash sharoiti va mavjud imkoniyatlari to‘g‘risida mas’ullardan ma’lumot olingach, murojaat qisqa muddatda hal etiladigan bo‘ldi.
Qabulda ishtirok etgan “Shodlik” mahallasida yashovchi fuqaro S.Yakubovaning tabiiy gaz masalasida va "Shifokor" mahallasidan bir guruh fuqarolarning ichimlik suvi ta’minotini yangi tarmoqqa ulab berilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari tez kunlarda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, imtiyozli uy-joy olish va huquqiy masalalardagi 50 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda murojaat qilingan qolgan masalalar muddat va mablag‘ talab qilganligi bois qo‘shimcha o‘rganish va hal etish uchun mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.