Termizlik nuroniylar Samarqandga sayohatga jo‘nab ketishdi

Termizlik nuroniylar Samarqandga sayohatga jo‘nab ketishdi

Bugun, 18 noyabr kuni "Keksalar turizm oyligi" munosabati bilan Termiz shahrida yashovchi 50 nafar nuroniy otaxonlar va onaxonlar Samarqand viloyatiga sayohatga jo‘nab ketishdi.

Sayohatga yo‘l olayotgan nuroniylarimiz Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurishib, bir piyola choy ustida jamiyatimizda keksalarni naqadar e’zozlayotgan Muhtaram prezidentimizga minnatdorchilik bildirishib, xalqimiz dasturxoniga qut-baraka va yurtimizda doimo tinchlik bo‘lishini so‘rab duolar qilishdi.

Ushbu sayohat tadbiri Termiz shahar hokimligi tashabbusi bilan shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tashkil etildi.