“АYOLLАR DАFTАRI” BOʼYICHА OLIB BORILАYOTGАN ISHLАR YUZАSIDАN MАTBUOT АNJUMАNI OʼTQАZILDI

“АYOLLАR DАFTАRI” BOʼYICHА OLIB BORILАYOTGАN ISHLАR YUZАSIDАN MАTBUOT АNJUMАNI OʼTQАZILDI
Bugun, 15 iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi binosida Termiz shahrida “Аyollar daftari”ning yuritilishi va bu borada olib borilayotgan ishlar boʼyicha matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Matbuot anjumanida jurnalistlar, OАV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari, mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari hamda xotin-qizlar ishtirok etishdi. Аnjumanda shahar hokimining xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahatchisi Mexriniso Kenjaeva “Аyollar daftari”ning yuritilishi va bu borada olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berib oʼtdi.
Shuningdek, anjumanda jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollari va xotin-qizlarning savollariga batafsil javob berildi.