Termiz shahrida salomatligimiz posbonlari taqdirlandilar

Termiz shahrida salomatligimiz posbonlari taqdirlandilar

Jonajon Vatanimiz dunyo hamjamiyatida o‘z obro‘-eʼtiboriga ega bo‘lib, qalbimizga farovon hayot zavqi olam-olam quvonch baxsh etayotgan shu qutlug‘ kunlarda, barchamiz yurtimizning yana bir ulug‘ ayyomi – “Tibbiyot xodimlari kuni”ni keng nishonlamoqdamiz. Bugun, Termiz shahrida ham soha xodimlari bayrami tantanali ravishda ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Tadbir davomida bir guruh soha xodimlari shahar hokimligining sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, shifokor deganda, har birimizning ko‘z o‘ngimizda qalb mehri va kasb masʼuliyati bilan dardlarga darmon bo‘layotgan, sog‘lom avlod dunyoga kelishiga hissasini qo‘shib, fidoyilik namunalarini ko‘rsatayotgan salomatligimiz posbonlari namoyon bo‘ladi.

Tan olib eʼtirof etish kerakki, sohaning shunday zabardast fidoyilari sabab tibbiyot sohasi xodimlari barcha jamiyat va barcha davrda ham o‘ta yuksak darajadagi sharafga munosib ekanligini bugun yana bir bora o‘z isbotini topmoqda.