Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun 9 noyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Dilbar Suvonova, shahar hokimi o‘rinbosari Kamol Ashurov hamda mutassadi tashkilot rahbarlari, shahar deputatlari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati xususida huquqiy tushunchalar berildi va uning ijrosini ta’minlash kabi ustuvor masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar so‘ngida qatnashchilar o‘rtasida savol javoblar bo‘lib, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.