Termiz shahrida Kasaba uyushmalari xodimlari sharaflandi

Termiz shahrida Kasaba uyushmalari xodimlari sharaflandi

Mamlakatimizda har yili 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami nishonlab kelinadi. Unga muvofiq joylarda ma’naviy-ma’rifiy, saxovat tadbirlari o‘tkaziladi.

Bugun Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida tashkil etilgan tadbir ham ana shu sanaga bag‘ishlandi. Unda shahar hokimi O‘. To‘rayev, hamkor tashkilotlar, uyushma xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda shahar hokimi barchani bayram bilan tabriklab, bugun kasaba uyushmalari bundan besh yil oldingi mehnatkashlar tashkilotidan umumxalq tashkilotiga aylanib borayotgani haqida atroflicha so‘z yuritdi. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tashabbuskorlik namunalarini ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Tabrikdan so‘ng bir guruh soha xodimlari va faol ishchi-xizmatchilar shahar hokimining faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlandilar. San’at ustalarining qiziqarli bayram dasturi barchaga bir olam quvonch bag‘ishladi.