Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXXII sessiyasi boʼlib oʼtdi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining XXXII sessiyasi boʼlib oʼtdi
Sessiyada deputatlar, sektor rahbarlari, shahar hokimining tarmoqlar boʼyicha oʼrinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar koʼrib chiqildi:
- Termiz shahridagi “Manguzar” va “Tuproqqoʼrgʼon” MFY profilaktika inspektorlari tomonidan hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida;
- Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish, hududning arxitektura qiyofasini oʼzgartirish va yaxshilashga qaratilgan investitsiya va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʼlgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Termiz shahar “Shodlik” MFYdagi Barkamol avlod Toxariy (S.Soxibov) koʼchalarida joylashgan ikki qavatli turar-joy binolari joylashgan yer uchastkalarini olib qoʼyish toʼgʼrisida;
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”2019 yil 17 yanvardagi PF-5633-sonli Farmonining shahardagi ijrosi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.X.Saodatovning axboroti;
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezedentining 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5718-sonli Farmonining shahardagi ijrosi boʼyicha Termiz shahridagi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish qabulxonasi yetakchi mutaxassisi А.Pardaevning axboroti;
- Termiz shahar mahalliy byudjetining 2021 yil 1-yarim yilligida shakllangan erkin qoldiq mablagʼlariningmaqsadli ishlatilishi toʼgʼrisida va boshqa masalalar koʼrib chiqildi.
Deputatlar tomonidan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.