Yashil_makon

Yashil_makon

Yurtimizda ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” daraxt ekish aksiyasi amalga oshirilmoqda.

Termiz shahrida ham aksiya doirasida ishlar jadallik bilan davom etmoqda. Tashkilotlar, korxonalar, xonadonlar va yoʻl yoqalariga daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Bugun 26-sonli maktabda o‘tkazilgan aksiyada Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev, sektor rahbarlari va maktab direktorlari faol ishtirok etishdi. Maktab hududiga qarashli yer maydoniga 280 tup archa, o‘rik, olma, bodom, xurmo, katalpa, terak, tol va 1300 dona tut, atirgul, anor, terak, tol va alyandr qalamchalari ekildi.

Ma’lumot oʻrnida, bir gektar daraxtzor bir kunda 220–280 kilogramm karbonat angidrid yutadi va 180–220 kilogramm kislorod beradi. Daraxtzorlar havodagi chang miqdorini kamaytiradi va shovqinni pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Manzarali daraxt ekilgan bogʻda yarim soatlik sayr qilish bir necha turdagi dori vositalari oʻrnini bosadi.