“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Bugun, 8 noyabr kuni viloyat Matbuot uyida navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 30 ga yaqin yoshlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlarning ish bilan ta’minlash, mahalla kutubxonasining kitob fondini boyitishga yordam, kontrakt to‘lovi, imtiyozli kredit va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi va tegishli tartibda hal etilishi belgilab olindi.
Shuningdek, “Bog‘zor” mahallasidan F.Tursunniyozov o‘zining startap-loyihasini taqdimot qildi.
Yakunda hal etilishi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.