Axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi

Axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi

Termiz shahridagi Matbuot uyida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, viloyat hokimligi Axborot xizmati hamda Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida davlat boshqaruv idoralari axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” gi qonun hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari ijrosi, tashkilotning rasmiy veb-saytini ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlar bilan to‘ldirish va doimiy yangilab borish, axborot makoni monitoringini yuritish, media-rejalar ijrosini ta’minlash, OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlash masalalari haqida atroflicha fikr almashildi.