Oliy Majlis Senati ishchi guruhi Termiz shahrida

Oliy Majlis Senati ishchi guruhi Termiz shahrida

Oliy Majlis Senati ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan bugun ishchi guruh shahrimizning “Ma’rifat” va “Mexrobod” mahallalaridagi amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi hamda mahalladagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi.