TERMIZLIK NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLISHDI

TERMIZLIK NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLISHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 martdagi PQ-167 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ezgu ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, uzoq yillar mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shib kelgan, yoshlarning intellektual salohiyati va tarbiyasi uchun o‘rnak bo‘lgan shahrimizda istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlardan o‘ttiz besh nafarini bugun erta tongdan "Nuroniy" jamg‘armasi Surxondaryo viloyat bo‘limi va Termiz shahar "Nuroniylar jamoatchilik kengashi" hamkorlikda Samarqand shahriga sayohat va ziyorat qilishlari uchun kuzatishdi.