Murojaat_va_ijro

Murojaat_va_ijro

Bugun, 3 oktyabr kuni Termiz shahar prokurori, 2-sektor rahbari X.Mamatqulov tibbiyot xodimlari bilan birgalikda “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi O.Berdimurotov hamda uning onasi 2-guruh nogironi M.Berdimurotovalarning holidan xabar olinib, ularga zaruriy tibbiy dori-darmonlar hamda fuqaroning murojaatiga ko‘ra bir juft hassa berildi. Ushbu mahallada yashovchi yana bir fuqaro 2-guruh nogironi 94 yoshli X.Sharofiddinovga esa ovoz eshitish moslamasi va tibbiy dori-darmonlar yetkazildi.

Shuningdek, “Turon” mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi F.Qurbonovning murojaati ham ijobiy hal qilinib, unga elektron nogironlik aravachasi berilib amaliy yordam ko‘rsatildi.