Termiz shahrida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Termiz shahrida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Termiz shahar hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh shahrimizda karantin qoidalariga amal qilish holatlari yuzasidan profilaktik ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun, 14 iyul kuni shahar tibbiyot birlashmasi, shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi, shahar ichki ishlar boʼlimi hamkorlikda korxona, tashkilot va tadbirkorlik subektlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish boʼyicha ogohlantirish, tushuntirish va targʼibot ishlarini olib bordi. Ishchi guruh targʼibot ishlarini davom ettirmoqda.