RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Hidoyat yo‘li” ko‘chasida yashovchi mahalla aholisidan mutasaddilar 2.8 mln so‘mdan mahallani gazlashtirish, hisoblagich o‘rnatish uchun mablag‘ yig‘ishgani, o‘rnatilgan hisoblagichlar standartlarga javob bermasligi sabab mahalla gaz tarmog‘iga ulanmayotgani” haqida murojaat yo‘llangan.


Mazkur murojaat yuzasidan Termiz shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Hozirgi vaqtda ushbu murojaat nazoratga olinib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Holat yuzasidan ishchi guruh o‘rganish xulosasi taqdim qilingandan so‘ng to‘liq ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.