Guliston mahallasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Guliston mahallasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun, Termiz shahar 1-sektor binosida “Guliston” mahallasi yoshlari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 ga yaqin yoshlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev tomonidan yoshlarning ish bilan ta’minlash, kontrakt to‘lovi, imtiyozli kredit, zamonaviy kasblarga o‘qish, o‘z-o‘zini band qilishda subsidiya ajratish va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi. Uchrashuvda har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda mablag‘lar ajratilishiga kelishib olindi.

Shuningdek, o‘rganish muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.