RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahri tug‘ruqxona atrofidan dorixonalar qurilishlarning yer ajratilishi yoki auksion bayonnomalari, shaharning boshqa xududlari ya’ni mexribonlik uyini orqa tomonidan joylashtirilgani va ushbu joydan ko‘chirilib, shahar tug‘ruqxonasi atrofiga ko‘chirilganligi haqida aytib o‘tilgan. Surxondaryo viloyati prokuraturasidan va tegishli vakolatli tashkilotlardan ushbu qurilishlarning qonuniyligi haqida aniqlik kiritilishi so‘ralgan” murojaat yo‘llangan.
Mazkur murojaat yuzasidan Termiz shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.


Hozirgi vaqtda ushbu holat yer ajratish va tanlov komissiyasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Holat yuzasidan ishchi guruh o‘rganish xulosasi taqdim qilingandan so‘ng to‘liq ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.