Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

28-sentabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga viloyatimizning barcha tuman (shahar) bosqichlarida gʻolib boʻlgan eng kuchli 45 ta jamoa bilim bahsi uchun tashrif buyurishdi. 30 ta savol oʻynalgan va qoʻshimcha savollargacha davom etgan ushbu shiddatli bahs yakuniy natijalarga koʻra quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi:

1 o‘rin 9-maktab (Termiz shahri)
2 o‘rin 2-maktab (Bandixon tumani)
3 o‘rin 3-IMI (Uzun tumani)

Gʻolib jamoa aʼzolariga "Zakovat intelektual klubi" NNT tomonidan zamonaviy Smart Watch Mi Band 6 sovgʻa qilindi.

Yuqoridagi uch jamoa endi 9-oktabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladi!