“Ustoz – qadri buyuk muallim” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

“Ustoz – qadri buyuk muallim” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Termiz shahridagi 26-sonli maktabda 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati Janubiy-Gʻarbiy okrug qo‘mondonli, viloyat Mudofa ishlari boshqarmasi, Termiz shahar Mudofa ishlar bo‘limi, Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi Termiz garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasi va harbiy hizmatchilarining jangovor qo‘l jangi ustalari, Xayrobod garnizoni harbiy qism faxriy qorovul vzvodi shaxsiy tarkibi, shahar xalq ta’limi bo‘limi hodimlari, faxriy ustozlar, o‘quvchilar, ota-onalar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va orkestr jamoasining konsert dasturi bayram ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i P.Sotiboldiyev ishtirok etib barcha o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.