Termiz shahrida o‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Termiz shahrida o‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Termiz shahridagi "Nigina" tantanalar saroyida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda shahrimizdagi ta’lim muassasalari mutasaddilari, eng ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev o‘qituvchi-murabbiylarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Marosimda bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga shahar hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari topshirildi.

Qiziqarli konsert dasturi tashkil etilib, elimiz suygan san’atkor tomonidan kuy-qo‘shiqlar, saxnalashtirilgan chiqishlar ustozlar uchun ajoyib bayram kayfiyati ulashdi.