BRIFING

Termiz shahar hokimining o‘rinbosari Djurayev Bunyod Shaniyazovich ishtirokida "Termiz shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida brifing o‘tkazildi.

 

Qadrli hamshaharlar!

Ayni kunlarda shahrimizda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ham bir qator ishlar tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

KO‘P QAVATLI UY-JOY FONDINI 2022-2023 YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH BO‘YICHA:

Termiz shahrida bugungi kunda 783 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, shundan 683 ta ko‘p qavatli uylarga “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152 sonli qaroriga asosan 31 ta moliyaviy holati og‘ir shirkatlar tugatilib, o‘rnida 14 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

Bugungi kunda, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida shahardagi 8 ta ko‘p kvartirali uy-joylarda 3700 kv.metr tom qismi joriy ta’mirlash ishlari, 57 ta kirish yo‘laklari ta’mirlandi, shuningdek 27 ta uyning fasad qismida bo‘yash, 6 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning ichki muhandislik tarmoqlari va 270 kv.metr trotuarlarni beton qorishmasi bilan qoplash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, manzilli dastur asosida “Bog‘ishamol” mahallasi hududidagi 11a-uy, “Do‘stlik” mahallasi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 22-sonli, “Jayhun” mahallasi Baxt ko‘chasida joylashgan 1-sonli ko‘p qavatli uy-joylarning tom qismini mukammal ta’mirlash hamda “Bog‘ishamol” mahallasidagi 12-13-sonli hamda “Kattabog‘” mahallasi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 18-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismini joriy ta’mirlash ishlariga Respublika byudjeti va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Aholiga elektr energiyani uzluksiz yetkazib berish holati bo‘yicha:

Kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida, 240 km tarmoq va 65 dona transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Elektr tarmoqlarni mukammal ta’mirlash ishlari esa 50 foizga bajarilib, hozirgi kunda ushbu ishlar davom ettirilmoqda.

Aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanish darajasi va tarmoqlarni ta’mirlash bo‘yicha:

Hozirgi kunga qadar 5,5 km tabiiy gaz quvurlari rekonstruksiya qilinib, 2 dona gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlandi, 510 dona gaz taqsimlash punktlari taftish qilindi, 33,7 km gaz quvurlari bosim ostida zichlikga sinash va xavo bosimi yordamida tozalash ishlari amalga oshirildi hamda 20,0 km gaz quvurlarini bo‘yash ishlari to‘liq amalga oshirildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholiga 469,0 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini reja-grafik asosida har 40 kunda  to‘ldirib berish choralari ko‘riladi.

Issiqlik ta’minoti va ichimlik suv ta’minoti ob’yektlari bo‘yicha:

Mavsum davomida ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’yektlarida issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida viloyatda 2 ta markaziy va 6 ta mahalliy qozonxonalar mavjud bo‘lib, shundan, 2 ta (13-maktab va 10-maktab) mahalliy qozonxonalarini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.

Termiz shahridagi 18 ta ko‘p qavatli uy-joylarga va ijtimoiy soha ob’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi “RK-6” va Kamolot uy-joylari joylashgan massivlardagi qozonxonalar joriy ta’mirlandi. Joriy yilda Ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan 600 metr mukammal va 5,2 km joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashqari, dolzarb muammolarni bartaraf etish va aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida Manguzar, Pattakesar, Namuna, Chegara, Tinchlik, Alisher Navoiy va Nurli kelajak mahallalarida 16,7 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi.

2022-2023 yillarning kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oldini olishda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.