RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahri “Meridian” mehmonxonasi yonidagi piyodalar yo‘l belgisi borligi, lekin piyodalar o‘tish yo‘lagi o‘chib ketgani, o‘quvchilar va yosh bolalar yo‘lni kesib o‘tishga qiynalayotgani haqida” xabar qilingan.


Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi. Shaharning “Kattabog‘” mahallasi Navbahor ko‘chasi ichki yo‘llar toifasiga kiruvchi yo‘l hisoblanadi. Shu sababli ushbu ko‘chaning yo‘l chiziqlarini chizish, belgilarni o‘rnatish va ta’mirlash ishlari Curxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Hozirgi vaqtda yuqoridagi murojaat haqida viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mas’ullari xabardor qilinganligi va tez orada ko‘chaga piyodalar o‘tish yo‘lakchasi yo‘l chizig‘ini chizilishi ma’lum qilinadi.