Mahallalardagi xotin-qizlar faollariga seminar o‘tkazildi

Termiz shahar hokimligida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborov, FIB Termiz tumanlararo sudi raisi G.Xidirov, sudya R.Tillayevlar hamda shahardagi 37 ta MFY xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlarga oid normativ huquqiy xujjatlar, ularning ahamiyati va mazmun-mohiyati, oila va nikox, aliment masalalarida ma’ruzalar qilishdi.
Seminarda ishtirokchilar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javoblar hamda huquqiy tushuntirishlar berdilar.